MEDICOM tomonidan Namangan viloyati, Pop tumanida joylashgan Neyromed Service klinikasi uchun zamonaviy MRT (Magnit-rezonans tomografiya) tizimi yetkazib berildi va to‘liq ishga tushirildi.
Loyiha doirasida Lonwin ishlab chiqaruvchisining SuperVan 05X modeli o‘rnatildi. Uskuna yuqori aniqlikdagi tasvirlash, barqaror ishlash va tezkor diagnostika imkoniyatlari bilan ajralib turadi.
Jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oldi:
• Uskunani logistika orqali yetkazib berish
• Professional montaj va texnik sozlash
• Kalibratsiya va sinov rejimida ishga tushirish
• Klinik xodimlarni o‘qitish
Mazkur loyiha hudud aholisi uchun sifatli va zamonaviy MRT diagnostika xizmatlarini taqdim etish imkoniyatini yaratdi. MEDICOM esa yetkazib berishdan tortib, ishga tushirish va servis qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan to‘liq yechimni ta’minladi.