Toshkent shahrida joylashgan CENTROMED tibbiyot markazida VINNO R300 Ultrasound System qurilmasi muvaffaqiyatli o‘rnatildi va ishga tushirildi.
Mazkur ultratovush tizimi yuqori aniqlikdagi tasvir, keng funksional imkoniyatlar va tezkor diagnostika jarayonini ta’minlaydi. Qurilma klinikaning kundalik diagnostika amaliyotini yanada samarali va ishonchli qilishga xizmat qiladi.
Loyiha doirasida uskuna to‘liq o‘rnatildi, sozlandi va foydalanishga tayyor holatda topshirildi.